1Fit — bu yagona fitnes abonementi: bitta abonement shahringizdagi yuzlab zal, basseyn va studiyani ochadi. O‘zingizga qulay joyda shug‘ullaning: uy, ish yoki o‘quv joyi yaqinida, jadval, yozilish va kirish uchun QR-kod esa ilovada jamlangan. Quyida — 1Fit qanday ishlaydi va muzlatish, bo‘lib to‘lash hamda mehmon tashriflari haqida ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar.
1
1Fit’ni App Store yoki Google Playdan o‘rnating
2
3, 6, 12 yoki 24 oylik tarifni tanlang
3
Studiyani xaritada yoki qidiruv orqali toping
4
Mashg‘ulot vaqtini tanlang va yozuvni tasdiqlang
5
Kirish joyida ilovadagi QR-kodni skaner qiling
1Fit — Bu barcha sport turlariga abonement 1Fit orqali siz nafaqat sport zaliga yoki hovuzga borishingiz mumkin, yana yogaga, raqsga, boksga va stretchingga borishingiz mumkin Biz har oy 1Fit'da yangi sport turlari paydo bo'lishiga harakat qilamiz. Barcha yangi zallar Qidirish va Lenta bo'limlarida paydo bo'ladi Hozir O‘zbekistonda Buxoro, Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Farg'ona, Toshkent shaharlarida 629 zal ta mavjud
Eng qulay usul: ilovada so'rov qoldirib abonementni bo’lib to’lashga olishingiz mumkin. Abonementni UzumNasiya, Alif va Paylater orqali xarid qilishingiz mumkin Ikkinchi usul: «Abonement» bo'limida to'liq to'lovni karta orqali to'lab sotib olsangiz bo’ladi
Muzlatish — abonementni vaqtinchalik to'xtatib turish imkoniyati. Bu, masalan, kasal bo'lib qolganingizda yoki xizmat safariga ketganingizda abonement kunlarini yo’qotmaslik uchun yordam beradi Birinchi yillik abonementni sotib olganingizda 30 kunlik muzlatish imkoniyati beriladi. Agar ular tugasa, ilova ichida qo‘shimcha kunlarni sotib olishingiz mumkin. Bu abonement kunlari bekorga yo‘qolmasligi uchun «Abonement» bo'limida Abonement tugmachasini bosish orqali muzlatishdan foydalanishingiz mumkin Muzlatishni istalgan marta ishlatishingiz mumkin. Ammo shuni yodda tutingki, har bir muzlatish kunlari kamida 14 kun davom etadi. Agar siz bir yoki ikki kun dam olishga va keyin qaytib kelishga qaror qilsangiz ham, muzlatilgan kunlaringizdan 14 kun olib tashlanadi
Sizning abonementingizda mashg‘ulotdan keyingi hordiq chiqarish va tiklanishga yordam beradigan bonus mashg‘ulotlar mavjud. Shuningdek, ular bo‘sh vaqtingizni turlicha o‘tkazish imkonini beradi. Har bir bonus toifasidagi mashg‘ulotlarga oyiga 2 martagacha borishingiz mumkin. Masalan, «Dam olish va tiklanish» toifasida: agar siz bir marta aykunega borgan bo‘lsangiz, shu oyda yana 1 ta tashrif qoladi — masalan, saunaga
Bir martalik tashrif — bu standart abonementsiz 1Fit orqali 1 ta mashg‘ulotga qatnashish imkoniyati Bir martalik tashrifni faqat amal qiluvchi standart abonementga ega foydalanuvchi sotib olishi mumkin — va faqat abonementi yoʻq foydalanuvchi uchun Bir martalik tashrif bilan istalgan mashg‘ulotga qatnashish mumkin: mustaqil yoki guruh mashg‘ulotlari, shu jumladan bonus kategoriyasidagi mashg‘ulotlarga ham Bir martalik tashrifni o‘zingiz uchun sotib olib bo‘lmaydi — faqat do‘stingiz uchun. Bir martalik tashriflarni istalgancha bir, yoki bir necha bor sotib olish mumkin Bir martalik tashrif xaridi 1Fit referal dasturiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Agar do‘stingiz hali 1Fitni sinab ko‘rmagan bo‘lsa va bir martalik tashrif orqali mashg‘ulotga qatnashsa, keyinchalik u sizning mehmon abonementingizni faollashtirib, abonement sotib olish orqali sizga bonus kunlar olib kelishi mumkin Bir martalik tashrif uchun to‘lov qilganingizdan so‘ng, do‘stingiz SMS oladi va 14 kun ichida 1Fit ilovasiga kirishi kerak bo‘ladi. Bir martalik tashrif faollashtirilgandan keyin do‘stingizda mashg‘ulotga yozilish va uni tasdiqlash uchun 7 kun bo‘ladi. Agar do‘stingiz sovg‘angizni o‘z vaqtida faollashtirmasa yoki mashg‘ulotga qatnashishga ulgurmasa, bir martalik tashrif kuyadi
Bugun — sportni boshlash uchun eng yaxshi vaqt
Ilovani yuklab olish
