Kun boʻyi stol yonida oʻtirsangiz ham, shunchaki son orqa muskullaringizni choʻzish orqali belingizga yordam berishingiz mumkin. Bu sonning orqa qismidagi taranglikni kamaytiradi va umurtqa pogʻonasiga qulayroq holat egallash imkonini beradi.[2]
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, toʻgʻridan-toʻgʻri ish joyida bajariladigan, atigi 10–15 daqiqa davom etadigan qisqa mashqlar bel ogʻriqlarini kamaytirishi hamda egiluvchanlik va tana muskullari kuchini yaxshilashi mumkin.[3]

Фото: Lukas Horak
- Stul chetiga oʻtiring, tanani tik tuting, bir oyoqni oldinga uzating, tovon polda boʻlsin.
- Beligizni tik saqlagan holda sondan oldinga egiling, son orqa yuzasida yengil choʻzilishni his qilguningizcha.
- Choʻzilishni keskin harakatlarsiz 30 soniya ushlab turing, keyin sekin boshlangʻich holatga qayting.
- Boshqa oyoq bilan takrorlang. Har tomon uchun 2–3 marta bajaring.

